Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya «Iskander» raketalarini takomillashtirdi — The Telegraph

Rossiya «Iskander» raketalarini takomillashtirdi — The Telegraph



Nashr ma’lumotiga ko‘ra, modernizasiya qilingan «Iskander» ballistik raketalari nishonga bir necha metr aniqlikda zarba berish va parvozning so‘nggi bosqichida trayektoriyasini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Raketalar yangi optik va radiolokasion nishonga yo‘naltirish tizimlari bilan jihozlangan. Bu esa ularga Ukraina radioelektron kurash vositalarini chetlab o‘tish imkonini berishi aytilmoqda.

Nashrga ko‘ra, Rossiya Kiyev ko‘priklariga zarba berish bilan birga, Ukraina energetika tizimini alohida tarmoqlarga ajratish orqali mamlakat sanoati, jumladan, harbiy ishlab chiqarishiga ham zarar yetkazishni ko‘zlamoqda.

Kiritildi: 18:43 14.11.2026. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik