"RBK" nashrining qayd etishicha, xususiy korxonalar sotib olishi mumkin bo‘lgan Havo hujumidan mudofaa vositalari qatoriga — qurol o‘rnatiladigan aylanuvchi qurilmalar, zenit artilleriya komplekslari, radiolokasiya vositalari, avtomobil transporti va elektron kurash komplekslari kiradi.
Ushbu qarorlar "tashkil etilayotgan harakatchan (mobil) o‘t ochish guruhlari bo‘linmalarini barcha zarur narsalar bilan tezkorlik bilan ta’minlash maqsadida" qabul qilingan, deb yozadi RBK.
Nashrda aytilishicha, xususiy kompaniyalar allaqachon elektron kurash kabi passiv himoya vositalarini va yengil o‘qotar qurollarni sotib olish huquqiga ega edi. Endi esa yirik kalibrli Havo hujumidan mudofaa vositalarini sotib olishga ham ruxsat berildi.
So‘nggi oylarda Ukraina harbiylari Rossiyaning turli korxonalariga zarbalarni kuchaytirdi, bundan eng ko‘p neftni qayta ishlash zavodlari jabr ko‘rmoqda. Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hujumlar sababli Rossiyaning markaziy qismidagi deyarli barcha asosiy neftni qayta ishlash zavodilari o‘z faoliyatini to‘xtatgan yoki sekinlashtirgan.