Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya hujumlari Ukrainada 400 ming kvadrat metrdan ortiq tijoriy ombor va logistika majmualarini vayron qildi

Rossiya hujumlari Ukrainada 400 ming kvadrat metrdan ortiq tijoriy ombor va logistika majmualarini vayron qildi

2026 yil iyul oyi boshidan beri Rossiyaning harbiy hujumlari natijasida Ukrainada 400 ming kvadrat metrdan ortiq tijoriy ombor va logistika majmualari yo‘q qilingan, deb xabar bermoqda Forbes Ukraine tadbirkorlar ma’lumotlari va soha baholariga tayanib.

Jabr ko‘rgan yirik kompaniyalar orasida Rozetka marketpleysi, Fozzy Group, «Episentr», Intertop chakana savdo tarmoqlari, «Nova poshta» logistika operatori hamda yuzlab kichik va o‘rta biznes ob’ektlari bor.

Rozetka hamta’sischisi Vladislav Chechotkin kompaniyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarari uning butun tarixi davomidagi eng katta yo‘qotish ekanini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarar miqdori milliardlab grivnaga yetgan.

Kiyev viloyatidagi hujumlar natijasida Denka Logistics logistika majmuasi butunlay vayron bo‘lgan. Ushbu markaz 2009 yildan beri Intertop uchun asosiy logistika uzellaridan biri bo‘lib xizmat qilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa zarbalar transport-logistika va taqsimlash markazlariga berilganini bildirib, bu ob’ektlar harbiy maqsadlarda hamda dronlar yig‘ish ustaxonalarini joylashtirish uchun ishlatilganini da’vo qilgan.

Ombor infratuzilmasining vayron bo‘lishi Ukraina markaziy hududlariga dron va raketa hujumlari davom etayotgan sharoitda yuz bermoqda.

Logistika markazlari va taqsimlash tarmoqlariga yetkazilayotgan muntazam zarar mamlakatdagi tovar yetkazib berish zanjirlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, chakana savdo va tijoriy sohada katta yo‘qotishlarga olib kelmoqda.

Kiritildi: 23:15 07.08.2026. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!