Ukrainaning Lvov viloyatida Rossiya hujumlari natijasida yetti kishi jarohat oldi va shahar markazidagi YUNESKOning Jahon merosi ob’ekti shikastlandi.
Bu haqda Lvov viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Koziskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaning Lvov viloyatiga hujum qilishda davom etmoqda. Yaradorlardan kamida ikkitasi og‘ir yaralangan. Dron hujumlari xavfi yana yuqori. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YUNESKOning Jahon merosi ob’ekti shikastlangan. Xavf yuqoriligicha qolmoqda. Boshpanalarda qoling", deb yozgan u.
Ayni paytda, Lvov meri Andrey Sadoviy yong‘in sodir bo‘lgan turar-joy binosiga hujum haqida xabar berdi.
Ukraina ommaviy axborot vositalari Ukrainaning g‘arbiy shaharlariga hujumlar davom etayotgani, Ternopil, Ivano-Frankovsk va Vinnisada portlashlar eshitilayotgani haqida xabar bermoqda.