Rossiya Qurolli Kuchlarining Ukrainaning Odessa shahriga tungi dron hujumi natijasida 13 nafar odam jarohat oldi.
Bu haqda Ukraina OAV xabar bermoqda.
Hujumlar natijasida shahar markazidagi turar-joy binolari, mehmonxona, xususiy binolar, transport vositalari va ob’ektlar zarar ko‘rgan.
Yaradorlar orasida ikki bola ham bor.