31 avgustdan 1 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Rossiya hududlari osmonida Ukrainaning 50 ta dronini zararsizlantirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
"Yarim tundan Moskva vaqti bilan soat 05:00gacha navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 50 ta uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q qildi va tutib oldi”, — deyiladi vazirlik o‘zining Telegram-kanalida.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari Qora dengiz uzra eng ko‘p uchuvchisiz uchoqlarni urib tushirgan — 16. Bundan tashqari, Belgorod viloyati osmonida 12 ta, Azov dengizi ustida yettita va Saratov viloyati osmonida to‘rtta dron zararsizlantirilgan.
Harbiylar Tatariston, Samara va Orenburg viloyatlari ustida uchta uchuvchisiz samolyotni yo‘q qildi. Kuban hududida yana ikkita dron zararsizlantirildi.