Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya G‘arb davlatlari siyosatchilari va diplomatlari bo‘lgan poyezd yaqiniga atayin zarba bergan

Rossiya G‘arb davlatlari siyosatchilari va diplomatlari bo‘lgan poyezd yaqiniga atayin zarba bergan
Rossiya droni 13 sentyabr kuni Ukrainadan Polshaga ketayotgan poyezdga zarba bergandi. Hujumga uchragan poyezd yaqinida Polshaga yevropalik siyosatchi va diplomatlarni olib ketayotgan maxsus poyezd ham bo‘lgan. Unda Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson va Germaniya kanslerining eng yaqin maslahatchilaridan biri Gyunter Zauter ham bor edi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ushbu poyezdda “evropalik va amerikaliklardan iborat katta delegasiya” borligini juda yaxshi bilgan. "Rossiya bu hujumni qasddan amalga oshirgan. Ular bunday harakatlarni Moldova, Ruminiya va ba’zan Polshada ham qilgan. Bu davomli jarayon. Ular shu tariqa kuchini ko‘rsatadi va hech kim bunga javob qaytarmasligini yaxshi tushunadi", — dedi Zelenskiy.
Kiritildi: 14:40 16.09.2026. O'qildi: 794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!