Rossiya Eronning gaz loyihalariga 8 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi. Shartnomalarda 5 milliard dollarga yaqin mablag‘ ko‘zda tutilgan, dedi Islom Respublikasining Moskvadagi elchisi Kazem Jaloliy.
O‘z navbatida, Rossiyaning Yaqin Sharqdagi mineral resurslarni o‘zlashtirishdagi ishtiroki nafaqat Eronga, balki Janubiy Osiyo mamlakatlariga ham xomashyo eksportini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
"Eron bilan gaz bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish Turkiyada gaz xabini yaratish g‘oyasi bilan bir qatorda Rossiyaning ko‘k yoqilg‘i ta’minotini diversifikasiya qilish yo‘nalishlaridan biridir" - dedi Rossiya Federasiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti dosenti Valeriy Andrianov.