Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya YEIning to‘liq taqiqlashi arafasida suyultirilgan tabiiy gaz tashuvchi "soya floti"ni 25 ta kemagacha kengaytirdi

Rossiya YEIning to‘liq taqiqlashi arafasida suyultirilgan tabiiy gaz tashuvchi "soya floti"ni 25 ta kemagacha kengaytirdi

Rossiya YEIning to‘liq taqiqlashi arafasida suyultirilgan tabiiy gaz tashuvchi "soya floti"ni 25 ta kemagacha kengaytirdi — FT.

​Rossiya yarim yil ichida STG tashish uchun "soyali flot"ni kamida sakkizta eskirgan gazovoz bilan kengaytirdi va ularning umumiy sonini 25 taga yetkazdi, deb yozadi nashr.

Bu jarayon Yevropa Ittifoqining 2027 yilda kuchga kirishi kutilayotgan Rossiya STG importiga qo‘ygan taqiqi arafasida yuz bermoqda.

​Yaqinda sotib olingan to‘rtta Kosmos, Orion, Merkuriy va Luch kemalari sanksiya ostidagi STG o‘tadigan xablardan yuk tashib bo‘lgan. 2005–2006 yillarda qurilgan ushbu gaz tashuvchilar egalarini o‘zgartirib, Rossiya bayrog‘i ostiga o‘tdi. Odatda, bu kabi flot kemalari Dubay, Gonkong va Singapurdagi Rossiyaga aloqador kompaniyalar nomiga rasmiylashtiriladi. Yukning kelib chiqishini yashirish uchun navigasiya signallarini o‘chirish hamda kemadan kemaga yuk ortish usullaridan foydalaniladi.

​Ishlatilgan tankerlardan tashqari, Rossiya "Zvezda"dan dastlabki ikkita gaz tashuvchini oldi. Ular muz yorib o‘tuvchi Arc7 "Aleksey Kosigin" va "Konstantin Poset". FT qayd etishicha, STGni −162 °C haroratda ushlab turish talab etiladi, shu sababli gaz tashuvchilar texnologik jihatdan murakkab bo‘lib, bitta yangi kemaning narxi qariyb 300 million dollarni tashkil etadi.

Kiritildi: 20:40 04.08.2026. O'qildi: 2587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!