Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya dollardan voz kechishi uchun necha yil kerak?

Rossiya dollardan voz kechishi uchun necha yil kerak?

Rossiya dollardan to‘liq voz kechishi uchun 4-5 yil kerak bo‘ladi, dedi investisiyalar bo‘yicha ekspert Maksim Shein.

Biroz oldin Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin AQSh siyosatining kutilmagan tomonga burilishi ehtimoli yuqori bo‘lgani sababli o‘zaro hisob-kitoblarda dollardan foydalanishni noqulaylik qilgani aytdi. Shu sababli Rossiya savdo aloqalarida dollarni cheklashga qaror qilganini xabar qilgan edi.

“Dollardan voz kechish mavzusi so‘nggi yillarda ko‘p marotaba ko‘tarilgan edi, lekin bu safar u birinchi bor davlatning rasmiy kursi sifatida e’lon qilindi. Rossiya AQSh valyutasidan foydalanmaslikni nazarda tutuvchi tizim qurishi haqida gapirdi. Buning uchun 4-5 yil kerak bo‘ladi, chunki yillar davomida shakllangan savdo va bank amaliyotlarini qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi”, - deydi Shein.

Ayni damda Rossiyada buning uchun barcha sharoitlar mavjud: yetarli darajada oltin zaxiralari jamlangan, dollarda hisoblanadigan moliyaviy aktivlar miqdori ham kamaytirilgan, yangi to‘lov tizimi ishga tushirilgan. Savdo hamkorlarning ham dollardan voz kechish istagi bor. Undan tashqari AQSh tomonidan ham buning uchun yetarlicha asoslar yaratilmoqda (AQSh prezidentining Rossiyaga qarshi qaratilgan keskin bayonotlari), - deydi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, AQSh o‘zining sanksiyaviy siyosati bilan dollarga va AQSh davlat qarziga bo‘lgan ishonchni buzayotganini bir necha marotaba ta’kidlangan edi. Shu bilan birga Rossiya hukumati iqtisodda dollarni taqiqlash niyatida emas. Ular shunchaki boshqa valyutalarda hisob-kitob qilish uchun qulay sharoit yaratishni nazada tutadi, xolos.

Kiritildi: 17:33 05.04.2021. O'qildi: 5140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!