Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Davlat Dumasi “Tolibon” harakatini terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga imkon beruvchi qonunni qabul qildi

Rossiya Davlat Dumasi “Tolibon” harakatini terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga imkon beruvchi qonunni qabul qildi

Tegishli hujjat parlamentga noyabr oyining oxirida kiritilgan edi. 10 dekabr kuni u birinchi o‘qishda, bugun esa bir vaqtning o‘zida ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasi, agar tashkilotlar terrorizmni targ‘ib qilish, oqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatni to‘xtatgan bo‘lsa, ularni terroristik va taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga imkon beradi.

Avvalroq, Rossiya Davlat dumasi “Tolibon” harakatini mamlakatda taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish imkoniyatini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilgani ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 18:45 17.12.2024. O'qildi: 1073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!