2025 yil boshidan buyon davlat byudjetiga patent to‘lovlari hisobidan 60 mlrd. rubl kelib tushdi, dedi PXIF-2025da IIV Migrasiya boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova.
2024 yilda patent to‘lovlari hisobidan Rossiya byudjetiga 126 mlrd rubl kelib tushgan edi.
Soliq to‘lovlarining ushbu ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35 foizga ko‘p.
Shu bilan birga, Valentina Kazakova 2025 yilda Rossiya hududida 3 millionga yaqin xorijlik ishlayotganini ta’kidladi.
"Ulardan 800 mingtasi qurilish sohasi, 350 mingtasi ulgurji va chakana savdo, qayta ishlash sanoati, tashish va saqlash - 193 mingtasi, qishloq xo‘jaligi - 63 mingtasi," - dedi Kazakova.