Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar an’anaviy tarzda do‘stona tusga ega. Va biz ularning keyingi izchil rivojlanishidan manfaatdormiz. Sizga sog‘liq, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman", deyiladi Kreml e’lon qilgan Telegram'dagi xabarda.
So‘nggi paytlarda Rossiya va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashdi. Moskva Nikol Pashinyan hukumatini G‘arbga yaqinlashish yo‘lni tanlaganlikda ayblamoqda. Yerevanning Yevropa Ittifoqiga a’zolikka bo‘lgan urinishlariga javoban Rossiya Armanistondan mahsulotlar importiga cheklovlar kirita boshladi.
May oyi oxirida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Putin Ukrainadagi "inqiroz" hozirda Armanistonda yuz berayotgan voqealarga o‘xshash vaziyatdan boshlanganini aytgan edi. 7 iyun kuni Armanistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.