Bugun 31 iyul, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya benzin eksportiga taqiqni yana uzaytirdi

Rossiya benzin eksportiga taqiqni yana uzaytirdi

Rossiya hukumati benzin, dizel va boshqa turdagi yonilg‘i eksportiga yangi taqiq joriy etdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

“Yonilg‘i eksportiga vaqtinchalik taqiq 1 avgustdan boshlab 2027 yil 31 yanvargacha amal qiladi. Shu bilan birga, 1 sentyabrdan cheklovlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan bevosita Rossiyadan olib chiqiladigan dizel, kema yonilg‘isi va gazoyllarga nisbatan qo‘llanmaydi”, deyiladi hukumat bayonotida.

Bundan tashqari, xalqaro hukumatlararo kelishuvlar va gumanitar yordam doirasida yonilg‘i yetkazib berishga ruxsat beriladi. Hukumat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini “zarur hajmlarda” yonilg‘i bilan ta’minlash bo‘yicha ham qaror qabul qilgan. Buning uchun tegishli vazirliklar va neft kompaniyalari o‘rtasida yetkazib berishning vaqtincha tartibi belgilandi. Ushbu tartib 1 noyabrgacha amal qiladi.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak benzin eksporti taqiqi 2026 yil oxirigacha uzaytirilishini aytgandi.

Kiritildi: Bugun 16:02. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!