Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya Bashar Asadning o‘rniga rafiqasini Suriya prezidenti yetib tayinlamoqchi bo‘lganmi?

Rossiya Bashar Asadning o‘rniga rafiqasini Suriya prezidenti yetib tayinlamoqchi bo‘lganmi?

Rossiyada 2024 yil dekabrida Suriya rejimi qulashidan bir necha oy oldin prezident Bashar Asadni lavozimidan chetlatish imkoniyati ko‘rib chiqilgan. Britaniyaning The Observer gazetasi xabariga ko‘ra, Vladimir Putinning yaqinlari Asadning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan vorislar ro‘yxatini ham tuzib chiqqan. Ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni uning rafiqasi Asma egallagan.

Asma Asad 24 yil davomida Suriyaning birinchi xonimi bo‘lgan. Asma shunchaki davlat rahbarining rafiqasi emas edi, prezident saroyidagi haqiqiy hokimiyat markazi hisoblangan.

The Observer nashrining yozishicha, Putin Asaddan norozi bo‘lgan. Rossiya Suriya rejimiga yordam bergan bo‘lsa-da, Asad fuqarolar urushiga chek qo‘ya olmadi va mamlakatni siyosiy jihatdan barqarorlashtira olmadi.

Kreml rahbari Asadni “doimiy ravishda qutqarilishga muhtoj bo‘lgan zaif yetakchi” deb hisoblagan. Rejimga yaqin manbaning so‘zlariga ko‘ra, Asadga o‘ziga ham hokimiyat tepasiga xotinini o‘tqazish taklif qilingan, biroq prezident bu taklifni shunchaki masxara qilgan.

Suriya rejimi ag‘darilgach, er-xotin Asadlar Rossiyaga qochib ketgan. Hozirda Bashar Asad mamlakatni tark eta olmaydi. Biroq sobiq diktatorning rafiqasi dunyo bo‘ylab sayohat qilishni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 11:05 15.07.2026. O'qildi: 2228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!