Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya AQSh va Yevropa davlatlarini Ukrainaga Konstantinovkadagi tinch aholini evakuasiya qilishda ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

Rossiya AQSh va Yevropa davlatlarini Ukrainaga Konstantinovkadagi tinch aholini evakuasiya qilishda ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

Rossiya AQSh va Yevropa davlatlaridan Ukrainaga o‘z ta’siridan foydalanib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklif qilgan Konstantinovkadagi gumanitar operasiyani amalga oshirishga ko‘maklashishni so‘ramoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Ushbu tashabbus Putinning AQSh vakillari Stiv Uitkoff hamda Jared Kushner bilan uchrashuvi chog‘ida ilgari surilgan.

Peskovning aytishicha, uchrashuvning ommaviy qismida muhim gumanitar tashabbus e’lon qilingan. Uning mazmuni Ukrainadagi Oleshki shahrida qo‘llangan tajribani davom ettirishdan iborat.

Rossiya tomoni taklifiga ko‘ra, Konstantinovkada qolib ketgan tinch aholini xavfsiz hududga evakuasiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish nazarda tutilmoqda.

Peskov AQSh va Yevropa davlatlarini ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun Ukraina rahbariyatiga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi. Ammo taklifning amalga oshirilish muddati va evakuasiya tartibi haqida hozircha aniq ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 19:24 13.11.2026. O'qildi: 474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik