Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya aprel oyida Ukrainaning 116 kvadrat kilometr hududi ustidan nazoratni yo‘qotdi

Rossiya aprel oyida Ukrainaning 116 kvadrat kilometr hududi ustidan nazoratni yo‘qotdi

Bu haqda AQShning Urushni o‘rganish instituti (ISW) 2 may kungi hisobotida ma’lum qildi.

Tahlilchilarga ko‘ra, 2024 yil avgustda Ukraina Kursk viloyatiga bostirib kirganidan beri ilk bor Rossiya armiyasi jang maydonida sof hududiy yo‘qotishga uchradi.

"Rossiyaning jang maydonidagi oldinga siljish sur’ati 2025 yil noyabridan beri pasayib bormoqda. Chunki Ukrainaning quruqlikdagi qarshi hujumlari, o‘rta masofali zarbalari, armiyaning Starlink sun’iy yo‘ldosh terminallaridan foydalanishi to‘xtatilgani va Moskvaning Telegram kirishni cheklashi armiyadagi mavjud muammolarni yanada kuchaytirdi", deyiladi ISW hisobotida.

Qayd etilishicha, rus qo‘shinlari ilgarilashi sur’atining pasayishiga mavsumiy ob-havo ham ta’sir qilgan. Ukrainada 2025—2026 yilgi qish avvalgi yillarga qaraganda sovuqroq va ancha namroq kechdi. Natijada mart–aprel oylarida qishki muzlarning erishi va bahorgi yog‘ingarchilik sabab texnikalar loyga botib qolib, Rossiya qo‘shinlarining harakati sekinlashdi. Shu bilan birga, may va iyun oylarida issiq ob-havo sababli rus armiyasi oldinga siljishi ehtimoli inkor etilmayapti.

ISW ma’lumotiga ko‘ra, Kreml hududlar ustidan “nazorat o‘rnatilayotgani”ni oshirib ko‘rsatmoqda. Rossiya qo‘shinlari 2026 yil aprelida 28,28 kvadrat kilometr hududni egallagan yoki unga kirib borgan, 2025 yil noyabrdan 2026 yil aprelgacha esa bu ko‘rsatkich 1716,42 kvadrat kilometrni tashkil etgan. Biroq xuddi shu davrda real egallangan hudud atigi 1443,35 kvadrat kilometrni tashkil etgan.

Kiritildi: Bugun 08:01. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!