Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Rospotrebnadzor Armanistonning Jermuk suvini sotishni to‘xtatdi

Rospotrebnadzor Armanistonning Jermuk suvini sotishni to‘xtatdi

Rossiyaning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkiloti "Rospotrebnadzor" Armanistondan import qilinayotgan 64,5 million dona Jermuk gazlangan mineral suvini sotishni to‘xtatishni buyurdi.

"Suvda bikarbonat, xloridlar va sulfatlarning me’yoridan ortiq miqdori aniqlangan. Bu uning dorivor xususiyatlari haqida noto‘g‘ri tushunchalarga olib kelishi va sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin", - deyiladi bayonotda.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, 2026 yil boshidan beri "Rospotrebnadzor" ko‘rsatmalariga binoan chakana savdo va onlayn kanallarda 38,4 million dona Jermuk suvini sotishni allaqachon to‘xtatib qo‘yilgan edi

Agentlik ushbu qaror haqida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasini, shuningdek, YEOIIga a’zo davlatlarning vakolatli organlarini xabardor qildi.

Bir hafta oldin "Rospotrebnadzor" Armanistondan olib kelinayotgan sifatsiz alkogolli ichimliklarni (vino, konyak) ham Rossiyada sotishni taqiqlagan edi.

Shuningdek, 30 maydan boshlab Armanistondan Rossiyaga meva-sabzavotlar va gullarni olib kirish taqiqlanadi. Bu respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar YEOII fitosanitar talablariga javob bermasligi bilan bog‘liq, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 14:42. O'qildi: 264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!