Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ronalduning "Chelsi"ga transferiga kim to‘sqinlik qilgani ma’lum bo‘ldi

Ronalduning "Chelsi"ga transferiga kim to‘sqinlik qilgani ma’lum bo‘ldi

2022 yilda "Manchester Yunayted"ni tark etgan Krishtianu Ronaldu faoliyatini Angliyaning boshqa bir top-klubida davom ettirishi mumkin edi.

O‘sha davrda "Chelsi"ni sotib olgan Todd Byoli jamoaga jahon miqyosidagi yulduzni olib kelish g‘oyasiga jiddiy qiziqqan. Amerikalik biznesmenning asosiy variantlaridan biri aynan Ronaldu bo‘lgan.

The New York Times nashrining yozishicha, Byoli portugaliyalik futbolchining o‘sha paytdagi agenti Jorje Mendesh bilan uchrashib, transfer imkoniyatini muhokama qilgan.

Biroq londonliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamagan. Nemis mutaxassisi Ronalduni jamoaga olib kelishga qarshi chiqqan va natijada ehtimoliy kelishuv amalga oshmagan.

Oradan ko‘p o‘tmay, Krishtianu Yevropani tark etib, Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l oldi. Portugaliyalik yulduz hozir ham faoliyatini ushbu mamlakatda davom ettirmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:52. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!