Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ronalduga 55 ta gol kerak

Ronalduga 55 ta gol kerak

Saudiya Arabistoni chempionati 3-turidan o‘rin olgan "An-Nasr" - "Ar-Riyod o‘yinida (5:1) yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi.

Endi Ronalduning hisobida 945 ta gol bor. Bu jahon rekordi. Krishtianu professional faoliyatidagi gollari sonini 1000 taga yetkazish va buni uddalagan birinchi futbolchi bo‘lish uchun 55 ta gol urishi kerak.

Gollar soni bo‘yicha tarixdagi barcha futbolchilar reytingiga qaraydigan bo‘lsak, ikkinchi o‘rinni Lionel Messi egallab turibdi. Shu bilan birga, argentinalik futbolchi Ronaldudan katta farq bilan ortda qolmoqda - Leo 882 ta gol urgan.

Krishtianu Ronaldu 40 yoshda, uning "An-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:27 21.09.2025. O'qildi: 1056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!