“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlamoqchi emas, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
40 yoshli portugaliyalikning Saudiya klubi bilan shartnomasi yozda nihoyasiga yetadi, biroq uning rejasi aniq - keyingi ikki mavsumda o‘ynash.
Futbolchiga bir qancha transfer takliflari tushgan va u kelajagini yaqin kunlarda hal qiladi.
Joriy mavsumda hujumchi “An-Nasr” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.