Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ronaldu “Valensiya”ni sotib olmoqchi

Ronaldu “Valensiya”ni sotib olmoqchi

“An-Nassr” jamoasi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning “Valensiya” klubini sotib olishi mumkin.

X ijtimoiy tarmog‘idagi TCR sahifasining yozishicha, Ronaldu ispan klubini xarid qilishni xohlamoqda. U bunday katta xarid uchun o‘ziga sherik sifatida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonni tanlagan.

Qirollik oilasi vakili ushbu bitimning moliyaviy tomonini nazorat qiladi va Ronalduning rasmiy hamkori bo‘ladi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu investorning jamg‘armasi hozirda Angliyaning “Nyukasl” klubi aksiyalariga ham egalik qiladi.

Hozirda “Valensiya”ga singapurlik biznesmen Peter Lim Eng Hok egalik qiladi. U 2014 yilda ispan jamoasini xarid qilgan edi.

“Valensiya” Ispaniyaning eng sovrindor klublaridan biri hisoblanadi. Klub shu vaqtga qadar La Ligada 6 marta, Ispaniya Kubogida 8 marta g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, “ko‘rshapalaklar” ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan.

Ma’lumot uchun, “Valensiya” joriy mavsumda La Ligada 25-turdan keyin 18-o‘rinni egallab turibdi va jamoaning quyi ligaga tushib ketish xavfi mavjud.

Kiritildi: 19:54 25.02.2025. O'qildi: 1765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!