Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Ronaldu va «An-Nasr» uzoq kutilgan chempionlik sari yaqinlashmoqda

Ronaldu va «An-Nasr» uzoq kutilgan chempionlik sari yaqinlashmoqda

«Al-Hilol» shanba kuni «At-Taavun»ni mag‘lub eta olmadi — Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Natijada, peshqadam «An-Nasr» tur yakunlariga ko‘ra Pro-liga turnir jadvalidagi farqni oshirib oldi.

Hozirda «An-Nasr» 70 ochko bilan karvonboshilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Al-Hilol» esa endi peshqadamdan besh ochkoga ortda qolmoqda. Qizig‘i shundaki, «Al-Hilol» joriy mavsumda hali biror marta ham mag‘lub bo‘lgani yo‘q — 27 ta turda jamoa 19 ta g‘alaba va 8 ta durang qayd etdi.

«Al-Nasr» sharafini yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu himoya qilmoqda. Portugaliyalik futbolchi faoliyatida ilk bor Saudiya Arabistoni chempioni bo‘lish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

Kiritildi: 09:31 05.04.2026. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!