Saudiya Arabistoni Professional ligasining eng mashhur futbolchisi Krishtianu Ronaldu va uning oilasi uning oilasi Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro fonida vaqtincha Ispaniyada yashab turishga qaror qildi.
Ispaniya ommaviy axborot vositalarining ma’lumotiga ko‘ra, Ronaldu va Jorjina Rodriges farzandlarining kundalik hayotida barqarorlikni saqlab qolish maqsadida vaqtincha Ispaniyaga qoladi. Shu bilan birga, ularning Saudiya Arabistoniga qachon qaytishi hozircha aniq emas.
Qayd etilishicha, oila oy boshida xususiy samolyotda Saudiya Arabistonini tark etgan va hozirda Madridning nufuzli La Finka hududidagi hashamatli uyda yashamoqda.
Dastlab safar bolalarning bahorgi ta’tiliga to‘g‘ri kelgan, ammo qaytish masalasida hozircha aniqlik yo‘q.
Hozirgi vaqtda Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro Ligasidagi o‘yinlardan birida olgan jarohatidan tiklanish jarayonini o‘tmoqda.