Portugaliya milliy jamoasi va «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 4 klubda 100 tadan gol urgan tarixdagi yagona futbolchiga aylandi.
Portugaliyalik futbolchi Saudiya superkubogi finalida penaltidan unumli foydalandi. Shu tariqa, uning riyodliklar safidagi umumiy gollari soni 100 taga yetdi.
Bungacha Krishtianu «Manchester Yunayted», «Real» va «Yuventus» klublarida ham 100 tadan to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgandi.