Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu tarixiy marraga yana ikki qadam tashladi

Ronaldu tarixiy marraga yana ikki qadam tashladi

Butun dunyo futbol jamoatchiligi Krishtianu Ronaldu qachon professional faoliyatida 1000 ta gol urishini kutmoqda. 40 yoshli futbolchining hozirgi holati va samaradorligi uni tarixiy marraga tobora yaqinlashtirib bormoqda.

Ronaldu Saudiya Araistoni chempionatining navbatdagi turida “Al-Uhdud” jamoasi darvozasini birinchi bo‘limning o‘zida ikki marotaba ishg‘ol qilib, faoliyatidagi 955 va 956-gollarini nishonladi.

Shuni ta’kidlash joizki, uchrashuvning 66-daqiqasida Ronaldu xet-trik qayd etishi ham mumkin edi, ammo portugaliyalik futbolchining uchinchi goli ofsayd sababli hakam tomonidan bekor qilindi.

Yakunda “An-Nasr” 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. Uchinchi gol so‘nggi daqiqada Joau Feliks tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, “An-Nasr” chempionatda qatorasiga o‘nta uchrashuvni ham o‘z foydasiga hal qildi. Krishtianu Ronalduning joriy mavsumda urgan gollari soni 12 taga yetdi. U to‘purarlar poygasida jamoadoshi va hamyurti Joau Feliks bilan birga peo‘qadamlik qilyapti.

Kiritildi: 23:44 27.12.2025. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!