Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi futbolchilari bilan xayrlashmadi

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi futbolchilari bilan xayrlashmadi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi. 41 yoshli futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u bu qarorni Jorje Jezushning matbuot anjumani va federasiya rahbari bilan suhbatdan so‘ng qabul qilgan. Shu bilan birga, Ronaldu kelajakda voqeaning barcha tafsilotlarini aytib berishga va’da qildi.

O Jogo xabar berishicha, Ronaldu Portugaliya terma jamoasi qarorgohidan ketishidan oldin jamoadoshlarining hech biri bilan xayrlashmagan.

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga qaytmasligi, ya’ni yakuniy qaror qabul qilgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.

Ma’lumki, Norvegiyaga qarshi avvalgi o‘yinda Krishtianu Ronaldu 90 daqiqaning barchasini zaxirada o‘tkazgan. Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Daniyaga qarshi o‘yinda ham Ronalduni maydonga tushirishni rejalashtirmayotganini bildirgan.

Kiritildi: 06:40 01.10.2026. O'qildi: 705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!