Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezush bilan kelishmovchilik hamda milliy jamoa qarorgohini o‘zboshimchalik bilan tark etishi bilan bog‘liq vaziyat vaqt o‘tishi bilan tegishli tarzda hal etilishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda The Athletic vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Ronaldu 6 oktyabr kuni e’lon qilgan bayonoti orqali «hech qanday holatda ham Portugaliya futbol federasiyasini (FPF) tanqid qilishga urinmagan».
Futbolchi hurmat yuzasidan bayonot berishini oldindan federasiyaga ma’lum qilgan. 41 yoshli hujumchi bu orqali voqealarni o‘z nuqtai nazaridan tushuntirishni istagan, o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatishga emas. Ayni paytda Ronaldu yuzaga kelgan vaziyatga nisbatan xotirjam munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘z bayonotida 30 sentyabr kuni Portugaliya terma jamoasi qarorgohini o‘zboshimchalik bilan tark etganiga izoh berib, Jorje Jezushni va’dalarini buzganlikda ayblagan edi.