Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Ronaldu «Man Yunayted»ni sotib olishni orzu qilmoqda

Ronaldu «Man Yunayted»ni sotib olishni orzu qilmoqda

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu grand klubni sotib olishi mumkin.

MatchDay Central xabariga ko‘ra, portugaliyalik o‘zining yaqin do‘stiga bir kun kelib o‘zi o‘ynagan "Manchester Yunayted" klubi xo‘jayini bo‘lish orzusi borligini aytgan. Ronaldu kelajakda "Old Trafford"ga qaytishiga ishonmoqda, ammo futbolchi sifatida emas, jamoa xo‘jayini sifatida.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2003-2009, 2021-2022 yillarda "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan. U "qizil iblislar" safida jami 346 ta o‘yinda maydonga tushib, 145 ta gol urgan va 73 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "MYu" tarkibida portugaliyalik to‘qqizta sovrinni qo‘lga kiritdi, ular orasida Chempionlar ligasi va uchta APL chempionligi bor.

Kiritildi: 19:26 08.01.2026. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!