Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ronaldu jamoasi bir kishi kam o‘ynagan holda Benzema jamoasini yengdi va Saudiya Superkubogi finaliga chiqdi

Ronaldu jamoasi bir kishi kam o‘ynagan holda Benzema jamoasini yengdi va Saudiya Superkubogi finaliga chiqdi

Gongkongda Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finali doirasidagi "An-Nasr" - "Al-Ittihod" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bahsda riyodliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda 10-daqiqada Sadio Mane hisobni ochdi. 16-daqiqada Stiven Bergveyn muvozanatni tikladi. 25-daqiqada senegallik yulduz jiddaliklar darvozaboni qornini bosgani uchun maydondan chetlatildi.

Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida Krishtianu Ronaldu darvozabon bilan birga-bir holatiga chiqib bordi va yonida turgan Joau Feliksga to‘pni uzatdi, portugaliyalik yulduz bo‘sh darvozani ishg‘ol qilib, riyodliklarga final yo‘llanmasini keltirgan gol muallifi bo‘ldi.

Ertaga ikkinchi yarim finalda "Al-Ahli" "Al-Qodisiya" bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 19:26 19.08.2025. O'qildi: 1125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!