Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu dubl qayd etgan o‘yinda "An-Nasr" yirik g‘alabaga erishdi

Ronaldu dubl qayd etgan o‘yinda "An-Nasr" yirik g‘alabaga erishdi

Saudiya Arabistoni chempionati 3-turi doirasida «An-Nasr» va «Ar-Riyod» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Uchrashuvda «An-Nasr» 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«An-Nasr» safida Joau Feliks va Krishtianu Ronaldu o‘z hisobiga ikkitadan gol yozgan bo‘lsa, Kingsli Koman bitta gol muallifi bo‘ldi. «Ar-Riyod» safida Mamadu Silla bitta gol kiritdi.

«Ar-Riyod» Saudiya Arabistoni chempionati 2025/2026 yilgi mavsumi turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 3 turdan so‘ng 3 ochko jamg‘ardi. «An-Nasr» esa 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Saudiya Arabistoni — Pro-Liga. 3-tur
«An-Nasr» — «Ar-Riyod» - 5:1
Gollar: 1:0 Feliks — 6', 2:0 Koman — 30', 3:0 Ronaldu — 33', 4:0 Feliks — 49', 4:1 Silla — 51', 5:1 Ronaldu — 76'

Kiritildi: 09:18 21.09.2025. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!