Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Ronaldu dubl qayd etgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrini bildirdi

Ronaldu dubl qayd etgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrini bildirdi

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 27-turi doirasida «An-Najma» ustidan qozonilgan g‘alabaga (5:2) izoh berdi. 41 yoshli portugaliyalik yulduz jarohatidan so‘ng maydonga qaytdi va ushbu uchrashuvda dubl qayd etdi.

«Bu yaxshi qaytish bo‘ldi. Birgalikda oldinga intilishda davom etamiz!» — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik forvard joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 22 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: Bugun 14:08. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!