«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasi 28-turida «Al-Oxdud»ga qarshi (2:0) o‘yindan keyin g‘alaba haqida fikr bildirib, klub muxlislariga murojaat qildi.
«Yana bir qadam oldinga. Birgalikda, yagona jamoa sifatida. Biz o‘zimiz xohlagan natijaga e’tibor qaratganmiz. Har doim biz bilan birga bo‘lgan muxlislarga rahmat», — deb yozdi Krishtianu Ronaldu o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida.
Ronaldu bahning 15-daqiqasida hisobni ochdi. Bu gol uning faoliyatidagi 968-gol bo‘ldi.
Hozirgi holatga ko‘ra, «An-Nasr» 73 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam, «Al-Oxdud» esa 16 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.