Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Uganda Isroilni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

Uganda Isroilni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

Uganda armiyasi rahbari Muxoozi Kaynerugaba Isroilni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 minggacha askar yuborishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Isroilni yo‘q qilish haqidagi har qanday chaqiriqlar Ugandaning urushga Isroil tomonida qo‘shilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, u Turkiya bilan diplomatik munosabatlarni 30 kun ichida uzish va turk aviakompaniyalariga cheklovlar joriy etish bilan tahdid qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Uganda va Isroil o‘rtasidagi hamkorlik XX asr oxirlaridan keyin faollashgan. Bu jarayon Idi Amin diktaturasi ag‘darilganidan so‘ng kuchaygan.

Idi Amin Isroilga qarshi keskin pozisiyasi bilan tanilgan va tarixda shafqatsiz boshqaruvi bilan esda qolgan.

Kiritildi: 22:33 11.04.2026. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!