AQSh va Isroil Eron bilan sodir bo‘lgan mojaro davomida islom respublikasining tarixiy yodgorliklariga 57,7 million dollar miqdorida zarar yetkazdi. Bu haqda Eron turizm vaziri Reza Salehi-Amiri ma’lum qildi.
«Umumiy hisobda mamlakatning 20 ta viloyatidagi yodgorliklarga shikast yetgan. Ko‘rilgan zarar taxminan 7,5 trillion Eron tumaniga (57,7 million dollar) baholanmoqda», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Eronning IRIB davlat teleradiokompaniyasi.
Xabar qilinishicha, jami 140 ta ob’ekt zarar ko‘rgan. Shulardan 63 tasi Tehronda, 23 tasi Isfaxonda va 12 tasi Kurdistonda joylashgan.