Buyuk Britaniya poytaxti Londonda mamlakatni harbiy holat rejimiga o‘tkazish bo‘yicha yangi reja ishlab chiqilmoqda. Harbiylar fikricha, endilikda faqat gibrid tahdidlar emas, balki real qurolli mojaroga ham tayyor turish zarur.
Reja doirasida armiya bilan birga polisiya, sog‘liqni saqlash tizimi, sanoat va infratuzilma ham tayyorgarlikka jalb etiladi. Elektr stansiyalari, suv ta’minoti va boshqa strategik tizimlarni himoya qilish choralari ham yangi hujjatga kiritilmoqda. Bunday hujjat 1976 yildan beri yangilanmagani aytiladi.