AQSh va Eron sulhidan so‘ng ilk supertankerlar yo‘lga chiqdi.
Reuters agentligining kemalar harakatini kuzatish ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Vashington va Tehron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilgandan so‘ng, ilk bor uchta yirik supertanker Fors ko‘rfazidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali chiqib ketdi.
Bular — "Serifos", "Cospearl Lake" va "He Rong Hai" tankerlari bo‘lib, ularning har biri 2 million barrelgacha neft tashish quvvatiga ega. "Serifos" Saudiya Arabistoni va BAA neftini Malayziyaga olib ketmoqda, "Cospearl Lake Iroq", "He Rong Hai" esa Saudiya nefti bilan yuklangan. Oxirgi ikki kema Xitoyning "Sinopec" kompaniyasi tomonidan ijaraga olingan.
Agentlikning yozishicha, ushbu tankerlarning paydo bo‘lishi Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar fonida dengiz qatnovi qisman tiklanayotganidan dalolat berishi mumkin.