Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Xitoyni ogohlantirdi va tahdid qildi

Tramp Xitoyni ogohlantirdi va tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar yuzasidan gapirar ekan, natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Vashington ustunligini saqlab qolishini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, “kelishuv bo‘ladimi yoki yo‘q AQSh baribir yutadi”.

Shu bilan birga, u Xitoyni ogohlantirib, agar Pekin Eronga qurol yetkazsa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishini aytdi.

New York post xabariga ko‘ra, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida harbiy faollik kuchaygan, mintaqadagi keskinlik saqlanib qolmoqda.

The Times of Israel xabar qilishicha, Xitoy Eronni qurollantirish haqidagi iddaolarni rad etgan. Xitoy elchixonasi bu ayblovlarni asossiz deb atab, Pekin hech bir tomonga qurol yetkazib bermasligini ma’lum qilgan.

Avvalroq, AQSh razvedka agentliklarida Xitoy kelgusi haftalarda Eronga yangi havo mudofaasi tizimlarini, jumladan, odam ko‘tarib yuradigan havo mudofaasi tizimlarini yetkazib berish niyatida ekanligi haqida ma’lumotlar mavjud, deb xabar berdi CNN uchta xabardor manbaga tayanib.

Kiritildi: Bugun 14:20. O'qildi: 1116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!