Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ronaldinyo dunyoning eng yaxshi murabbiyini aytdi — u Gvardiola ham, Klopp ham emas

Ronaldinyo dunyoning eng yaxshi murabbiyini aytdi — u Gvardiola ham, Klopp ham emas

«Barselona» va «Milan» klublarining sobiq futbolchisi Ronaldinyo Braziliya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Karlo Anchelottini dunyo futbolidagi eng yaxshi mutaxassis deb hisoblashini bildirdi.

«Anchelotti — dunyo futbolidagi eng yaxshi murabbiy. Menimcha, u Braziliya terma jamoasi bilan katta muvaffaqiyatlarga erishadi», — deya Ronaldinyoning so‘zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport nashri.

Italiyalik mutaxassis 2025 yil may oyida Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi. 67 yoshli Anchelottining amaldagi shartnomasi 2030 yil iyul oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi so‘nggi uchrashuvini Yaponiyaga qarshi o‘tkazdi. Ushbu bahsda Anchelotti shogirdlari 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Kiritildi: Bugun 15:31. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik