Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

«Roma» Yevropa ligasini tark etdi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

«Roma» Yevropa ligasini tark etdi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

Evropa ligasida 1/8 finalning bir qator javob o‘yinlari yakuniga yetdi.

«Roma» «Atletik»ka yutqazib, musobaqani tark etdi. Hummelsning 11-daqiqada chetlatilishi o‘yinda katta burilish yasadi. Eldor Shomurodov 61-daqiqada zaxiradan tushirildi.

Rimning boshqa bir jamoasi — «Lasio» «Viktoriya Plzen»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub etdi. «Ayntraxt» «Ayaks»ni ikkinchi o‘yinda ham yengdi. «Olimpiakos»ni musobaqadan chiqarib yuborgan «Budyo-Glimt» turnirdagi yurishini davom ettiradi.

Evropa Ligasi. 1/8 final.

Javob o‘yinlari. 13 mart

Atletik – Roma 3:1. Birinchi o‘yin — 1:2.

Gollar: N.Uilyams (45+3, 82), Berchiche (68) — Paredes (90+2, penalti).

Lasio – Viktoriya Plzen 1:1. Birinchi o‘yin — 2:1.

Gollar: Romanioli (77) — Shuls (52).

Ayntraxt – Ayaks 4:1. Birinchi o‘yin — 2:1.

Gollar: Bahoya (7), Gyotse (25, 82), Ekitik (67) — Teylor (78).

Olimpiakos – Budyo-Glimt 2:1. Birinchi o‘yin — 0:3.

Gollar: Yaremchuk (53, 65) — Hog (36).

Kiritildi: Bugun 03:11. O'qildi: 734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!