«Roma» klubi Eldor Shomurodovning «Istanbul Bashakshehir»ga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Ushbu kelishuv ijara va keyinchalik to‘liq sotib olish huquqi bilan amalga oshirildi.
"O‘zbekistonlik hujumchi 2021 yil yozida "Roma" safiga qo‘shilgan va shu vaqt mobaynida klub safida 85 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi. U jamoa debyutidayoq Konferensiyalar ligasi saralash bosqichida «Trabzonspor» darvozasiga g‘alaba golini kiritgandi — aynan shu o‘yin keyinchalik musobaqa g‘olibiga aylangan «Roma» uchun turnirdagi ilk qadam bo‘lgan edi.
2023 yil yanvar oyida Shomurodov mavsum oxirigacha «Spesiya»ga ijaraga berilgan, 2023/24 yilgi mavsumda esa Klaudio Ranyeri boshchiligidagi «Kalyari»da ham ijara asosida to‘p surgan.
Kelajakdagi faoliyatingizga omad, Eldor!", — deyiladi "Roma" sayti tarqatgan xabarda.