Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Daler Jum’a ma’lum qilishicha, Rog‘un GESi qurilishi qariyb 70 foizga bajarilgan. Uchinchi agregatni 2027 yil sentyabrda, qolganlarini esa 2031 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan.
Stansiyaning loyihaviy quvvati 3780 MVtni tashkil etadi.
Vazirning aytishicha, Tojikiston energetika tizimining umumiy quvvati mustaqillik yillarida 2300 MVtdan ziyodga oshib, 6700 MVtdan ortgan. Shuningdek, mamlakatda 500 MVt quvvatli ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilmoqda.