"Real Madrid" hujumchisi Rodrigo kelajagi borasidagi qarorini agentlariga ma’lum qildi.
Braziliyalik hujumchi jamoani yozda tark etmoqchi va agentlariga tezroq jamoa topishni ma’lum qilgan.
Unga APLning bir qator jamoalari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining transfer narxi 90 million yevroga baholanmoqda.
Rodrigoning "Real" bilan tuzgan sharnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi.