Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Robert Levandovski AQShga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda

Robert Levandovski AQShga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski 2026 yilda jamoasini o‘zgartirishi mumkin, deb xabar berdi Euro-football.ru sayti.

37 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Chikago Fayr» harakat qilmoqda. Jurnalist Nizaar Kinsellaning ma’lumotlariga ko‘ra, MLS klubi polshalik futbolchi bilan «ijobiy» muzokaralar o‘tkazgan. Robert transfer uchun muzokaralarga ochiq ekanini ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, «Chikago Fayr» Levandovskining maosh bo‘yicha talablarini muammosiz qondirishi mumkin. Avvalroq hujumchiga Saudiya Arabistoni chempionati vakillari ham qiziqish bildirgani aytilgan edi.

Joriy mavsumda Robert Levandovski «Barselona» safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining kataloniyalik grand bilan shartnomasi mavsum yakunidan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi.

Kiritildi: Bugun 15:04. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!