Rim papasi Lev XIV Isroil armiyasining G‘azo shahriga quruqlikdan uyushtirgan hujumidan so‘ng Isroil va XAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirganini takrorladi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Rim papasi G‘azo sektorida falastinliklar duch kelayotgan sharoitlarni qoralab, tinch aholi bilan birdamligini bildirdi:
"Men G‘azo sektoridagi qo‘rquv ichida yashashni davom ettirayotgan va qabul qilib bo‘lmaydigan sharoitlarda omon qolgan Falastin xalqi bilan yana bir bor o‘z yurtini tark etishga majbur bo‘lgan holda chuqur birdamligimni bildiraman".
Xabar berganimizdek, Isroil 16 sentyabrga o‘tar kechasi Falastinning G‘azo shahri ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida quruqlikdan hujum boshladi.