Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Rim papasi Fransisk sog‘lig‘i sababli taxtdan voz kechishi mumkin

A A A
Rim papasi Fransisk sog‘lig‘i sababli taxtdan voz kechishi mumkin

Bu haqda TASS «Libero»ga tayanib xabar bermoqda. Vatikan davralarida yaqinlashib kelayotgan konklav (papani saylaydigan kardinallar kengashi) haqidagi taxminlar tobora ko‘payib bormoqda, deb aytilmoqda xabarda. Nashr dekabr oyida Fransisk 85 yoshga to‘lishiga e’tibor qaratdi — xuddi shu yoshda avvalgi Rim papasi Benedikt XVI taxtdan voz kechgan edi.

Iyul oyida Fransisk umumiy narkoz ostida ichak operasiyasini boshidan o‘tkazdi. Ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda u faqat oyog‘idagi og‘riqdan shikoyat qilmoqda. Rojdestvo va Yangi yil davrida papa quymuch nervining yallig‘lanishi tufayli bir qator tadbirlarni bekor qilgan. 2020 yil fevral oyining oxirida, pandemiya boshlangan paytda, u qattiq shamollab qolgan edi.

2014 yil 19 avgustda Fransisk jurnalistlarga bergan intervyusida, u o‘tmishdoshi kabi (Benedikt XVI — tahr.), uzrli sabablarga ko‘ra, masalan, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli, taxtdan voz kechishi mumkinligini tan olgan edi.

Fransisk (asli ismi Xorxe Mario Bergolyo) 2013 yil 13 mart kuni Rim papasi etib saylangan edi.

Kiritildi: 12:42 24.08.2021. O'qildi: 2278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!