Riga moda haftaligi RFW doirasida Latviyada o‘zbek dizayneri Zuhra Inatning milliy uslubdagi liboslar kolleksiyasi defilesi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Jamoatchilik «Moel Bosh» brendining milliy uslubda yaratilgan liboslar kolleksiyasini ko‘rdi, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.
«Ommaviy munosabat bizni keyingi oylar davomida his-tuyg‘ularga to‘ldirdi, biz yaratishni davom ettirishga tayyormiz va tez orada yana bir-birimizni ko‘ramiz», dedi dizayner.
An’anaviy o‘zbek matolari – adras va ikatdan tayyorlangan modellar o‘zbek libosining milliy an’analarini ham, zamonaviy tendensiyalarni ham o‘zida mujassam etgan. Moel Bosh brendining asosiy maqsadi milliy an’analar va tarixni saqlash, ularni zamonaviy modaning dolzarb tendensiyalariga integrasiya qilishdir.
Ta’kidlash joizki, o‘zbek matolari azaldan o‘zining rang-barangligi va yuqori sifati bilan mashhur bo‘lib, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari YUNESKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Riga moda haftaligi doirasida to‘qimachilik sanoati ishlab chiqaruvchilari hamkorlik va o‘zbek matolarini Boltiqbo‘yi mamlakatlariga yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qildi.