Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya Ukraina bilan muzokara boshlashi mumkin, faqat...

Rossiya Ukraina bilan muzokara boshlashi mumkin, faqat...

Kreml Ukraina bilan hech bo‘lmaganda jangovar harakatlarni to‘xtatib turish bo‘yicha tinchlik muzokaralariga tayyorligini bildiradi, biroq ular Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatini tark etgandan keyingina muzokara boshlashi mumkin. Bu haqda “Vyorstka” nashri prezident ma’muriyati va muzokaralar jarayoniga yaqin shaxslarga tayanib xabar berdi.

Kremlga yaqin manbaning ta’kidlashicha, Moskva “orqaga chekingan”dek ko‘rinmasligi uchun Rossiya Kursk viloyatida muvaffaqiyatli qarshi hujum o‘tkazishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, buni amalga oshirishga “vaqt imkon beradi”, chunki rejaga ko‘ra, AQSh tomonidagi muloqot Donald Tramp ma’muriyati tomonidan u 20 yanvarda lavozimga kirishganidan so‘ng nazorat qilinadi.

“Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatida ekan, muzokaralar bo‘lmaydi. Maqsad — yil oxirigacha ularni mag‘lubiyatga uchratish”, deya tasdiqlagan prezident ma’muriyatiga yaqin ikkinchi manba.

Muzokaraga tayyorgarlik jarayonidan xabardor manbaga ko‘ra, ayni damda Rossiya tomoni Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga kirishmayapti.

“Ukraina qo‘shinlari Kursk viloyati hududini tark etganidan so‘ng, aynan Putin mojaroni to‘xtatishni taklif qiladi”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina armiyasi Rossiya hududiga kirishidan avval Ukraina bilan energiya infratuzilmasiga hujumlarni taqiqlash bo‘yicha kelishuvga erishish rejasi bo‘lgan, shundan so‘ng tomonlar muzokaralarga kirishishlari mumkin edi.

Kiritildi: 09:12 10.11.2024. O'qildi: 1703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!