Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi

Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi

Rossiyaning Voronej oblastidagi yettita maktab o‘qituvchilari yolg‘on ko‘rsatmaga ishonib, «Vatan qalpog‘i» aksiyasini uyushtirdi. Ular aksiya doirasida «NATO sun’iy yo‘ldoshlari ta’siridan himoyalanish»ga mo‘ljallangan folgadan yasalgan qalpoqlarni kiyib chiqdi. O‘qituvchilar belaruslik pranker Vladislav Boxanning haziliga uchib, shunday yo‘l tutgan — u «Yagona Rossiya» nomidan maktablarga «buyruq» yuborgan.

Boxan YouTubeʼdagi dasturida ushbu hazilining mohiyatini tushuntirdi: «Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, yovuz NATO rus xalqini nurlantirmoqchi. O‘qituvchilarimiz folgadan yasalgan qalpoq kabi oddiy himoya vositalaridan foydalanib, bunga qarshi tura olishni o‘rganishlari kerak».

Pranker o‘z rejasi ishonarli chiqishi uchun «Yagona Rossiya» partiyasining logotipi tushirilgan eski blanklardan foydalangan va neyrotarmoq orqali «buyruq» yasagan. Hujjatda topshiriqni bajarmaganlar jazolanishi ham ta’kidlangan, shuningdek, aksiya maqsadi «vatanparvarlikni mustahkamlash, ogohlik va pedagoglarning fuqarolik mudofaasi sohasidagi ko‘nikmalarini oshirish, qo‘l ostidagi oddiy materiallardan NATO tahdidlariga qarshi himoya vositalarini yarata olish qobiliyatini shakllantirish» ekani aytilgan.

«Buyruq» haqiqiyga o‘xshashi uchun pranker Moskva metro stansiyalaridan birida folgali qalpoqda yurgan odamlar suratini ilova qilgan. Shuningdek, ko‘rsatma ostida qalpoqlarni tayyorlash bo‘yicha batafsil qo‘llanma keltirilgan.

Aksiyada yettita maktab ishtirok etdi. «Lider» markazi tomonidan yuborilgan videoda o‘qituvchilardan biri qalpoqlar yasashni qiziqarli ijodiy mashg‘ulot va «muhim vatanparvarlik akti» deb atagan.

Kiritildi: 11:38 10.11.2024. O'qildi: 1610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!