Polsha bosh vaziri AQShning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi hujjatni e’lon qilishini ma’lum qildi.
Donald Tusk Varshavadagi matbuot anjumanida Oq uy ma’muriyati yaqin orada o‘t ochishni to‘xtatish sanasi va Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari haqida deklarasiya taqdim etishi mumkinligini aytdi.
Tusk Qo‘shma Shtatlarning saylangan prezidenti Donald Trampning ommaviy axborot vositalarida qisman e’lon qilingan Ukrainaga oid rejasi haqida gapirar ekan, bu reja hozirda tayyorlanish bosqichida ekanligini ta’kidladi.
"Trampning Ukrainadagi urushga doir qarorlari katta ehtimollik bilan AQShning Ukraina ishlariga kamroq aralashuvini ta’minlaydi", — deya fikr bildirdi Polsha bosh vaziri.
Donald Tramp saylovoldi tashviqoti chog‘ida, agar u g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi urushni 24 soat ichida to‘xtatishini ma’lum qilgan edi.